Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

QOZIYOQLI MAHALLASI

Bu nomning kelib chiqish tarixi bilan bog‘liq ikkita taxmin bor. Ulardan birida Buxoro amirligi davrida Qozikent qishlog‘ida qozilar yashashgan va bu hududga yaqin joylashgan aholi punktini Qoziyoqli, yaʼni qozilar tomoni, deb yuritishgan, deyiladi. Ikkinchi taxmin esa, ocharchilik vaqtida qo‘shni viloyatlardan kelgan odamlar bu yerlik aholining o‘ziga to‘qligi, har bir xonadonda qozon qaynab turganini ko‘rib, “Qozoni yog‘li”, deb atashgan ekan.

Qoziyoqli mahallasining nomi shundan kelib chiqqan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM