QUYONCHILIK SERDAROMAD SOHA

Bir ishning boshini tutib, shu yo‘lda ko‘zlagan maqsadiga erishayotgan yigitlarning omadini bersin. Bilagida kuchi bo‘la turib, nima ish qilarini bilmay, yo‘lini topaolmay yurganlar ham bor, axir.

O‘zbekkent mahallasida yashovchi 27 yoshli Sardor Nosirov o‘ziga to‘q oilaning farzandi. Biroq, u ota-onasi topgan rizqqa sherik bo‘lib o‘tirishni o‘ziga ep bilmadi. Tijorat bankidan kredit olib, quyonchilik bilan shug‘ullanishga ahd qildi.

– Bundan to‘rt oy avval 40 bosh quyon xarid qilib, ish boshladim, – deydi Sardor. – Bugun ularning soni 300 boshga yetdi. Quyon tez ko‘payoyadigan jonivor, go‘shti ham xaridorgir. Yaqinda 2 tonna go‘sht yetkazib berish uchun buyurtma ham oldim...

Sardor tengqurlariga ham quyon boqishni tavsiya qilmoqda. Agar  talabgorlar chiqsa, bajonidil bu ishning sir-asrorlarini o‘rgatadi. “Quyonchilik kam mablag‘ sarflab, ko‘p daromad keltiradigan soha. Tengdoshlarim bekor yurgandan ko‘ra, oilasiga naf keltirishlarini istayman”,  deydi u.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM