AKSARIYAT MASALALAR JOYIDA HAL ETILDI

2-son kasb-hunar maktabida tuman hokimi, tuman prokurori va tegishli soha masʼullari tadbirkorlar hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandilar.

Karantin qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazilgan qabulda yigirmaga yaqin murojaat tushgan bo‘lsa, aksariyat masalalar joyida hal etildi. 

Tadbirkorlar tomonidan faoliyatini kengaytirish uchun yer, kredit ajratilishida yordam so‘raldi. Shu kabi salomatligini tiklashda amaliy ko‘mak, moddiy yordam, bolalar nafaqasi tayinlash, uy-joy masalalarida ham murojaat etgan fuqarolar bor.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM