Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga nomzodlar uchun tanlov e’lon qildi

 (https://t.me/samiibuz/11817)Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2021-yil 2-avgust kunidan 10-avgust kuniga qadar, shu jumladan 10-avgust kuni ham qabul qilinadi va bo‘sh lavozimlardan kelib chiqqan holda mazkur sohaga jami 4 nafar fuqarolar ofiserlik lavozimlariga ishga olinadi.

Mazkur lavozimlarga Samarqand viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar, tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi 18 dan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan, tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, chet tillarini bilish darajasida erkin so‘zlasha oladigan, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66 223-59-39.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM