AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (IT–TEXNOLOGIYALARI) RIVOJI YO‘LIDA

Narpay tumanida Xorazm, Farg‘ona, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonlik yosh umidli axborot texnologiyalari yo‘nalishi bilimdonlari to‘plandilar. Tuman hokimi ular bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida informatsion texnologiyalar sohasidagi malakali yoshlarni yangi tashkil etilayotgan o‘quv markaziga jalb etish, markaz faoliyatini jonlantirish, yigit-qizlarni bu boradagi  bilim saviyasini oshirish yuzasidan so‘z yuritildi. 

Shu kabi faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ilgari surildi.

Quvonarlisi shundaki, malakali kadrlar tumanimizda ish olib boradigan bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM