MEHNAT INTIZOMIGA RIOYA ETISH SHART

Tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va hokimlik mutasaddilari avval “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti korxonasi, so‘ng tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari bilan suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat jarayonida aholini sifatli elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash, suyultirilgan gaz ballonlarini vaqtida yetkazish, shuningdek, debitor qarzlarni qisqartirish choralarini ko‘rish yuzasidan so‘z yuritildi.

Shu kabi korxonalarda ishni to‘g‘ri tashkillashtirish, mehnat intizomiga qatʼiy rioya qilish, aholi xonadonlariga yangi gaz hisoblagichlar o‘rnatishni jadallashtirish borasida alohida taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM