Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

HAQIQAT MAHALLASI

Sobiq ittifoq davrida yirik Pravda kolxozi mavjud bo‘lib, keyinchalik bu nom o‘zbek tiliga “Haqiqat”, deb o‘girilgan. Fermerlikka asos solinib, Haqiqat jamoa xo‘jaligi tugatilgach, hududda muqobil mashina-traktor parki vujudga keldi va unga “Balandbog‘saroy” nomi berildi. “Haqiqat” atamasi hujjatlarda yo‘qolib ketdi.

Biroq, mahalliy aholi tilidan “Haqiqat” nomi tushgani yo‘q.

Shu bois yaqin kunlargacha To‘xta Roziqov nomi bilan yuritib kelingan mahalla aholining talablariga ko‘ra, “Haqiqat”, deb nomlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM