ISHLAR JADALLASHADI

Obod qishloq dasturi doirasida obodonlashtirilayotgan  mahallalarda ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari yana-da jadallashdi.  

Viloyat prokurori o‘rinbosari Samandar  Astonov tegishli soha vakillari va tuman sektor rahbarlari bilan birga Qoziyoqli hamda Birlik mahallalarida bo‘lib, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Nafaqat, ichimlik suvi tarmog‘i, balki ichki yo‘llar taʼmiri, tibbiyot, taʼlim muassasalari va boshqa obyektlar, aholi xonadonlari, guzarlarning obodonlashtirilishi chuqur tahlil qilindi.

 Olib borilayotgan ishlarni yana-da jadallashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM