MAHALLA VA MAʼNAVIYAT MASKANI QAD ROSTLAYDI

Tumanimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Narpay mahallasi hududidagi yangi  ko‘p qavatli imoratlar oldidan yana turar-joy binolari qad rostlayapti. Shu kabi zamonaviy loyiha asosida mahalla va maʼnaviyat maskani barpo etilayotir. 

Tuman hokimi ikkinchi va uchinchi sektor rahbarlari hamrohligida qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Qurilish tashkiloti masʼullariga ish sifatini oshirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM