TAKLIFLAR QAYD ETILDI

Tuman hokimi birinchi sektor hududidagi “No’g’ay” va “Oltio’g’il” MFYlaridagi aholi xonadonlarida bo‘lib, muddati o‘tgan kreditlarni qaytarish, tushgan murojaatlar va fuqarolarning kayfiyati, turmush tarzi, yashash sharoitlarini  o‘rganish maqsadida  suhbatlashdi.  

Fuqarolarning murojaat va takliflari sektor rahbarining yangi tashkil etilgan “Temir qaydnoma” daftariga tushirildi.

Tegishli masʼullar hamrohligida tijorat banklaridan imtiyozli kredit olgan qarzdor fuqarolarga kreditni vaqtida to‘lash lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM