“BESh TASHABBUS OLIMPIADASI”

Respublika bosqichiga start berildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida besh bosqichda bo‘lib o‘tayotgan musobaqa va tanlovlarning mahalla, sektor, tuman va viloyat bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 24 noyabridan 16 dekabriga qadar Respublika bosqichi ham bo‘lib o‘tadi.

Bunda sportning 6 turi bo‘yicha A, B hamda S ligalarida g‘olib bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 22 nafar Narpaylik yoshlar, shuningdek, 1 nafar shaxmatchi, sanʼat yo‘nalishida 2 nafar va 1 nafar “Yosh kitobxon” tumanimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun bu yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda Narpay tumani hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘oliblarimizga Respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Разработан в: SAKTRM