Yangiliklar

TUMAN KENGASHI AʼZOLARI O‘RGANISH OLIB BORDI

Davlatimiz rahbarining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili"da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PF-27 Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining doimiy komissiyalari aʼzolari Guliston mahallasida bo‘lishdi.

Shuningdek, ushbu mahalla beshligi tomonidan amalga oshirilayotgan aholi bandligini taʼminlash, obodonlashtirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, III-chorak davomida hududlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda

IV-chorak ish rejasini taqdiqlash to‘g‘risida barcha sektor rahbarlarining maʼruzalari tinglandi.

# Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Samarqand viloyati Narpay tumanida tadbirkorlarga imkoniyat berilmaydimi?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Unda tumandagi Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi tadbirkor Oybek Azimov faoliyatiga mutasaddilar tomonidan to‘sqinlik qilinayotgani taʼkidlangan.

Yaʼni bo‘sh va xaroba holatdagi yerni olib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O. Azimovga katta miqdorda jarima solingani haqida xabar berilmoqda.

Ahvol qanday kichkintoy? “UY BOG‘CHA”LARIDAGI HOLAT MUHOKAMA ETILDI

Bugun tumanimizda 202 ta nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Bundan aholi juda mamnun. Biroq, aksariyat oilaviy bog‘chalar shunchaki “xo‘jako‘rsinga” ishlayotgani va bu bo‘yicha aholi tomonidan haqli eʼtirozlar bildirilayotgani ham sir emas.  

Shu bois tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ikki hafta mobaynida deyarli barcha  oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi. 

Bugun tuman hokimi oilaviy bog‘chalar rahbarlari ishtirokida ushbu  o‘rganishlar natijalari yuzasidan muhokama olib bordi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM