“ILMNI QADRLANG – ILMGA INTILING!”

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilmni qadrlang – ilmga intiling!” shiori ostida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Narpay tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ushbu tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Jumladan, tuman hokimligining tashabbusi bilan mavjud 70 ta maktabda taʼlim olayotgan 1-sinfdan 11-sinfgacha 1 nafardan aʼlochi (jami 770 nafar) namunali bilimi, xulqi, odobi va tarbiyasi bilan ustozlari eʼtiboriga tushgan o‘quvchilarning ota-onalariga tuman hokimining minnatdorchilik xatlari keng jamoatchilik oldida yetkazildi.

Shu kabi, har bir maktabdan 2 nafardan jami 140 nafar fidoiy o‘qituvchilar, 3 nafardan bitiruvchi o‘quvchilarga ham hokimlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda berildi. 

Unutmaslik kerakki, taʼlim-tarbiyaga qaratilayotgan kichik eʼtibor ham yoshlar qalbida kelajakka umid va ishonch bag‘ishlaydi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM