“XALQ BANKI”DA ELEKTRON NAVBAT YO‘LGA QO‘YILDI

Endilikda AT “Xalk banki”ning Narpay filiali mijozlari elektron navbat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yuridik va jismoniy shaxslarga qulay va tez zamonaviy bank xizmat turlari elektron navbat orqali ko‘rsatiladi.

Bankka tashrif buyurayotgan mijozlar chakana xizmatlar, omonatlarni qabul qilish, plastik karta ochish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish va barcha xizmat turlaridan foydalanishda ortiqcha ovora bo‘lishmaydi. Elektron navbatga olingan mijozga xizmat ko‘rsatish yakuniga yetgach, keyingi mijoz avtomatik tarzda navbatga chaqiriladi.

Bu o‘z navbatida bank xizmatlarini tez va sifatli yakuniga yetkazishda yordam beradi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM