TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Bekzod Orziqulov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga daxldor korxona, tashkilot, muassasa masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tumani sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudlari raislarining 2022-yil davomida fuqarolar huquqlari, erkinliklarini shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga doir olib borilgan faoliyatlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

So‘ng o‘tgan yil davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan Narpay tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Jasur Qilichev axborot berdi.

Sessiyada tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash masalasi ham ko‘rildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM