Ahvol qanday kichkintoy? “UY BOG‘CHA”LARIDAGI HOLAT MUHOKAMA ETILDI

Bugun tumanimizda 202 ta nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Bundan aholi juda mamnun. Biroq, aksariyat oilaviy bog‘chalar shunchaki “xo‘jako‘rsinga” ishlayotgani va bu bo‘yicha aholi tomonidan haqli eʼtirozlar bildirilayotgani ham sir emas.  

Shu bois tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ikki hafta mobaynida deyarli barcha  oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi. 

Bugun tuman hokimi oilaviy bog‘chalar rahbarlari ishtirokida ushbu  o‘rganishlar natijalari yuzasidan muhokama olib bordi.

Muhokama  davomida  nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga masʼul bir qator xodimlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan bo‘lsa, aksariyat masʼullarning ishda qolish-qolmasligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, oilaviy bog‘chalar faoliyatini yana-da rivojlantirish va qo‘shimcha nodavlat MTTlar ochish maqsadida taqdimot o‘tkazish hamda doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Hududlardagi oilaviy bog‘chalar faoliyatidan norozi bo‘layotgan fuqarolar bu haqda tuman maktabgacha taʼlim tashkilotiga murojaat etishlari mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM