G‘ALABA MUBORAK, AZIZ G‘ALLAKORLAR!

Narpaylik g‘allakorlar viloyatda birinchi bo‘lib davlat xaridi uchun 9508 tonna, birja savdolari uchun esa 2755 tonnalik xirmon tikladilar. Bunday ulkan yutuqqa o‘n to‘rt ish kunida erishildi.

Bu yil mavjud 242 ta fermer xo‘jaliklari bo‘yicha 5720 gektar maydonda g‘alla parvarishlandi. Ayni paytda o‘rim mavsumi davom etmoqda. Hali o‘roq tushmagan dalalarimiz bisyor. Bobodehqonlarimiz har yilgidan ortiq don ishlab chiqarishni ko‘zda tutishmoqda. Gektar hosildorligi esa o‘rtacha har gektar yer hisobiga 72 sentnerni tashkil etayotgani yil davomida qilingan tinimsiz mehnat samarasidir.

Yerga urug‘ sochib, don yetishtirish, uni nest-nobudgarchiliksiz o‘rib olishda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha-barchadan cheksiz minnatdormiz.

Ha, Xalqimiz rizq-ro‘zi bo‘lmish g‘alladan mo‘l hosil yaratgan dehqonlar shaʼniga har qancha iliq so‘zlar aytsak kam.

G‘alaba muborak bo‘lsin, aziz g‘allakorlar!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM