“Mahallabay” tizim

NARPAY MAHALLASIDA ISH BOSHLANDI

To‘rtinchi sektor hududidagi Narpay mahallasida “Mahallabay” tizimda ish olib borilmoqda. Tuman tashkilotlari rahbarlari, masʼullar xonadonma-xonadon yurib, aholining muammolarini o‘rganishayotir.

 Ish boshida fuqarolarning 324 ta murojaati tegishli tartibda ro‘yxatga olingan. Murojaatlarning aksariyati bandlik va kommunal sohaga oid muammolardan iborat.

Mahalla faollari, yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan qisqa muddatli uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari Shuhrat Samadov masʼul rahbarlar ishtirokida fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rgandi. Barcha masalalarga yechim topish maqsadida murojaatlar tegishli soha vakillariga yo‘naltirildi.

Shu kabi xonadonlarni tartibga keltirish, ko‘chalar va guzarlarni obodonlashtirish borasida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM