#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Yo‘l shunaqa ahvol bo‘lsa, bizga investor keladimi?” sarlavha ostida videolavha tarqaldi. Unda xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘lining Narpay tumanidagi qismidagi nosozliklar ko‘rsatib o‘tilgan.

Narpay tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi Avtomobil yo‘lining 107-117 kilometri oralig‘idagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun 2023 yilning ikkinchi choragida 99 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu yilning may-iyun oylarida ushbu oraliqlardagi chuqurchalar to‘liq taʼmirlanib, noqulayliklar bartaraf etiladi.

Narpay tumani hokimligi Axborot xizmati.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM