TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bekzod Orziqulov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

Marhabo Ochilova tumanda “Ayollar daftari”ning IV-bosqichiga kiritiladigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish hamda aniqlangan muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha maʼruza qildi.

So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Doston Ziyodullayevning axboroti tinglandi.

Shu kabi tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Hasanov tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan hisobot berdi.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM