ULAR EʼZOZGA LOYIQ

Ular qilgan mehnatlarini hech qachon minnat qilmaydilar. Chunki o‘z ishini sharaf deb bilishadi.

Hozirgina supurib, tozalagan yeriga siz qog‘oz tashladingiz. Engashib, qog‘ozni olarkan, qo‘pollik qilmaydi sizga. Aksincha, nimtabassum ila ortingizdan boqib qolishadi.

Bu nimtabassum ortida nima yashirin bilasizmi? Sizga bo‘lgan hurmatmi yoki qanchalik madaniyatsizligingizdan kulishyaptimi ular?

Nima bo‘lganda ham hali biz uyqudan uyg‘onmay turib, bu fidoiy kishilar allaqachon o‘z ish o‘rnida bo‘ladilar. Shahrimiz ozodaligi yo‘lida beminnat xizmat qilishmoqda.

Har qanday eʼzozga loyiq bu insonlar – tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM