FUQAROLAR DIQQATIGA!

Hurmatli Narpayliklar!

Paxta yig‘im-terim mavsumi boshlanmoqda. Ayni paytda   tumanimizning dasht hududlari – Oybek  va “Bo‘ston" massivlarida paxta yig‘im-terimiga kirishilyapti.

Oilaviy daromadini oshirish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z xohishlari bilan terimda ishtirok etishlari mumkin. Ular uchun barcha mehnat sharoitlari fermer va paxtachilik klasterlari tomonidan yaratib beriladi.(Transport xizmati, oziq-ovqat, ichimlik suvi va ҳоказо...)

Bu yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun – birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan.

Bundan tashqari, ilg‘or terimchilar klaster va fermerlar tomonidan moddiy yoki sovg‘alar bilan rag‘batlantirib boriladi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mavsumda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu kabi voyaga yetmagan yoshlarni paxta dalalariga chiqishlari va terimda ishtirok etishlari qaʼtiyan taqiqlanadi. 

Ishsiz yoki terimda ishtirok etishni istovchi barcha fuqarolar uyushgan holda mavsumda qatnashsa bo‘ladi. Bu borada  hududlardagi fermer xo‘jaliklari va mahallalar raislari ko‘magiga tayanishlari mumkin.

Narpay tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM